KAMXASTAK

KAMXASTAK (Cerasus mahaleb Mill) tabiiy holda Markaziy Osiyo, Qrim va Kavkaz tog‘larida keng tarqalgan. Balandligi 10 metrgacha bo‘lgan daraxt. Tanasi va novdalari to‘q kulrang tekis po‘stloq bilan qoplangan. May oyida gullaydi. Sharsimon mevalari (8-10 mm) qizil rangda pishib yetiladi. To‘liq pishgach qora rangga kiradi. Danakchalari yupqa etli, qushlar uchun yaxshi ozuqa manbai hisoblanadi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Manzarali daraxt sifatida, gilos va olcha navlari uchun yaxshi payvandtag sifatida ko‘chatlari yetishtiriladi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.