KANADA BUNDUGI

KANADA BUNDUGI (Gymnocladus canadensis Lam.) katta daraxt bo‘lib, bo‘yi 30 m, diametri 1 m ga yetadi. Tanasi to‘g‘ri o‘sadi. Gullari to‘g‘ri, ko‘p yig‘ilib shingilcha hosil qiladi, oq-sariq rangda bo‘lib, limon hidi kelib turadi. May oyida gullaydi. Bunduk ikki uyli o‘simlik. Mevasi oktabr oyida yetiladi. Bunduk urug‘idan yaxshi ko‘payadi, lekin urug‘ini sepishdan oldin issiq suvda ivitish zarur. Ildizi baquvvat bo‘lib rivojlanadi. Yon ildizlaridan bachkilaydi, ular bir yilda 1 m gacha o‘sadi, to‘nkasidan yaxshi ko‘karadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.

Next Article

KANADA TERAGI