KAVKAZ QATRANG‘ISI (Celtis caucasica Willd.) daraxt yoki buta bo‘lib, bo‘yi 4-7 m ga yetadi. Po‘stlog‘i silliq kulrang. Novdasi qo‘ng‘ir, qizil. Mevasi sentabr-oktabr oylarida yetiladi. U sariq-qizg‘ish rangda. Kavkaz, Markaziy Osiyo, Eron va Аfg‘oniston tog‘laridagi toshli yerlarda dengiz sathidan 1500 m gacha balandlikda o‘sadi. Uni tog‘ o‘rmonchiligi va melioratsiya ishlarida, jumladan, tog‘ qiyaliklarini yuvilishdan saqlash maqsadida ekish tavsiya etiladi. Ukrainada, Shimoliy Kavkazda manzarali daraxt sifatida ekiladi. Lekin sovuqdan zararlanadi. Qurg‘oqchilikka juda chidamli, suv kam bo‘lgan yerlarni ko‘kalamzorlashtirishda juda mos keladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.
KAVKAZ QATRANG'ISI