JIZZAX KARRAGI (Cousinia dshisakensis Kult.) Shimoli-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20-40 sm ga yetadigan, o‘q ildizli, ikki yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlari, Nurota, Turkiston va Molguzar tizmalarida tarqalgan. Tog‘larning o‘rta va pastki qismlarida toshli va shag‘alli yonbag‘irlarda hamda qoyalarda o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi uning ko‘payishiga salbiy ta’sir qilmoqda. O‘zR FA Botanika bog‘ida 1962 yildan boshlab ekib kelinadi. Ayrim populyastiyalari Zomin milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
JIZZAX KARRAGI