ITАLIYA GLАDIOLUSI (Gladiolus italicus Mill.) Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyga xos kamyob tur. Bo‘yi 80 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati, Hisor, Boysuntog‘ va Ko‘hitang tizmalarida tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston va Аfg‘onistonda, shuningdek, O‘rta Yer dengizi mamlakatlarida ham uchraydi. Buloqlar atrofida, soz va yumshoq tuproqli yonbag‘irlarda va tog‘ daryolari bo‘ylaridagi yaylovlar hamda butazorlarda o‘sadi. Tabiatda yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Gullari guldastalar uchun terib olinishi va yosh nihollarining oyoqosti qilinishi tufayli kamayib bormoqda. O‘zR FА Botanika bog‘ida o‘stirilmoqda. Surxon va Kitob davlat qo‘riqxonalarida muhofaza etiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
ITАLIYA GLАDIOLUSI