INTRODUKTSIYA tabiiy holda o‘suvchi o‘simliklar bilan bir qatorda boshqa geografik zonalardan keltirilgan o‘simliklarni boshqa iqlim sharoitiga moslashtirib o‘stirilishidir, yaʼni biror mamlakat yoki hududga, bu yerning tabiiy sharoitida ilgari o‘smagan daraxt, buta o‘simliklarini olib kelib o‘stirishdir. Masalan, MDH davlatlari florasidagi 2890 turdan ortiq o‘simlik bo‘lib, uning 2000 turi introduktsiya qilingan. O‘zbekistonga ham keyingi yuz yillikda qarag‘ay, qoraqarag‘ay, kedr, sarv, zarang, shum, jo‘ka, eman, qayin, lola daraxti, oq akatsiya va boshqa ko‘plab daraxt, buta turlari introduktsiya qilingan. Ulardan o‘rmon melioratsiyasida, shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanilmoqda. I.V.Michurin o‘simliklarni introduktsiya qilishda ularni urug‘idan ko‘paytirish yoki yosh urug‘ko‘chatlari va nihollarini keltirib ekishni tavsiya etgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article