IRGА

IRGА (Amelanchier Medik.) turkumiga asosan buta o‘simliklar kiradi. Shoxlari, novdalari tikansiz, qo‘ng‘ir rangda, yosh vaqtida oqish tuk bilan qoplangan. Mevasi qora, yumshoq, tashqi ko‘rinishidan rezavor mevaga o‘xshab ketadi, mazasi shirin-nordon, tarkibida askorbin kislota (S vitamin) bor. May oyida gullaydi, mevasi iyul oyining oxirida yetiladi. Ularni qushlar isteʼmol qiladi va tarqatadi. Urug‘i mayda, unib chiqish xususiyatini ikki yilgacha saqlaydi. U ildizpoyasidan ham ko‘payadi. Katta daraxtlar soyasida ham o‘saveradi. Sovuqqa chidamli. Tog‘li hududlarda dengiz sathidan 1900 m gacha balandliklarda o‘sadi. 

Русский

ИРГА