HASHAROTLAR yerdagi hayvonlarning eng qadimiy, koʻp sonli va xilma-xil guruhlaridan biridir. Hasharotlar tirik organizmlarning eng katta sinfini tashkil etadi. Hamma joyda tarqalgan va tabiatdagi moddalarning biologik aylanishida, tuproqning shakllanishida va oʻsimliklarning changlanishida katta rol oʻynaydi. Oʻtxoʻr hasharotlar turlari oʻrmon zararkunandalarining asosiy va muhim qismini tashkil qiladi, yirtqich va parazit hasharotlarning koʻp turlari oʻrmon zararkunandalarining tabiiy dushmanlari entomofaglar guruhiga kiradi. Hasharotlarda koʻrish, hidlash, ta’m, teginish organlari, ba’zilarida esa tovush va eshitish organlari mavjud. Hid hissi ayniqsa, yuqori darajada rivojlangan boʻlib, uning yordamida ular oziq-ovqat hidini va jinsiy sherikning hidini aniqlay oladilar.
HASHAROTLAR