HIMOLAY KEDRI

HIMOLAY KEDRI (Cedrus deodara Lawd.) bo‘yi 50 m gacha yetadigan daraxt. Urug‘i 15-17 mm, kalta qanotchali, jigar rangda. Bir kg da 8000 dona urug‘ bor. Urug‘idan ko‘payadi. Bu kedr Himolay tog‘ining shimoli-g‘arbida tarqalgan. U juda chiroyli bo‘lib, yer tanlaydi, sernam va unumsiz qattiq tuproqli yerlarda yaxshi o‘smaydi. Аyrim vaqtlarda yog‘ochlashmagan novdalari sovuqdan zararlanadi. Himolay kedrini yakka-yakka, guruh yoki qator qilib respublikaning tog‘li yerlariga ekish tavsiya qilinadi. U tor arealli manzarali daraxt hisoblanadi. Manba: Dendrologiya. 2012.