HUJAYRA YADROSI

HUJAYRA YADROSI protoplazmada joylashgan bo‘lib, odatda dumaloq shaklga egadir. U rangsiz, lekin protoplazma suyuqligidan zichroq bo‘ladi va kimyoviy jihatdan protoplazmadan tarkibida fosfor borligi bilan farq qiladi. Hujayradagi muhim hayotiy jarayonlar uchun yadro hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Plastidalar protoplazmada joylashgan bo‘lib, zich tanachalar ko‘rinishida bo‘ladi. Ular rangsiz (leykoplastlar), yashil (xloroplastlar) sariq yoki olovrang (xromoplastlar) bo‘ladi. Leykoplastlar (grekcha leykos-oq) urug‘larni mag‘zida, ildizida, ildizmevalarda, ildiz tuganaklarida uchraydi. Leykoplastlar barglarda kraxmal va qand moddasini zahiraga aylanishini taʼminlaydilar. Kurtakdan yangi yozilgan bargchalardagi leykoplastlar yorug‘likda asta-sekin xloroplastlarga aylanadilar. Manba: Dendrologiya. 2012.