HАVO – o‘simliklar hayoti uchun zarur omillaridan biri ayniqsa, havo tarkibidagi kislorod, azot va karbonat angidrid gazi o‘simliklarda sodir bo‘luvchi muhim fiziologik jarayonlar uchun zarur elementlar hisoblanadi. Fotosintez jarayonida quyosh nuri taʼsirida karbonat angidrid bilan suvdan organik moddalar hosil bo‘ladi. CO2 gazi tabiatda doimiy aylanib yuradi. Dunyodagi barcha o‘simliklar bir yilda atmosfera va gidrosferadan bu gazning 1/50 qismini o‘zlashtiradi, demak, bu gazning o‘rni to‘ldirilib turilmasa, o‘simliklar tezda barcha CO2 zahirasini o‘zlashtirib tugatadi. Havoda CO2 gazidan tashqari boshqa gazlar ham uchraydi, masalan toshko‘mirni ko‘plab metallurgiya sanoatida ishlatish natijasida atmosferaga ko‘plab oltingugurt oksidi ajralib chiqadi. Bu gaz o‘simlik dunyosiga zararli taʼsir ko‘rsatadi. Oltingugurt oksidi “kislotali yomg‘irlar ” paydo bo‘lishiga olib keladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article