GIDROFITLAR (gidro… va yun. phyton — o‘simlik) — suvda o‘sadigan o‘simliklar. Pastki qismi suvda, ustki qismi suvdan ko‘tarilib o‘sadi (qamish). Ba’zi gidrofitlar daryo, dengiz, ko‘l qirg‘oqlarida va suvi qurib qolgan nam yerlarda ham o‘saveradi. Gidrofitlarda ildiz bo‘lmaydi yoki juda kuchsiz rivojlangan bo‘ladi. Bargi tuksiz. Poyasi va barglarining hujayraaro bo‘shliqlari katta, havoga to‘la bo‘ladi. Shu sababli gidrofit o‘simliklar suvda qalqib turadi. Ko‘pchilik gidrofitlar torf hosil qiladi. Ba’zi gidrofitlar, ayniqsa bir yilliklari chorva mollari uchun ozuqadir. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.
English
Русский
Deutsch
Prev Article