GORTЕNZIYA

GORTЕNZIYA — toshyorardoshlar oilasining Hydrangea turkumiga mansub bir necha turi xushmanzara o‘simliklarga berilgan umumiy nom. Bargi oddiy, qarama-qarshi joylashgan. Oq, pushti va qizil gullari to‘pgul hosil qiladi. Urug‘i ko‘sakchada, 76 turi bor. Ulardan bir nechasi gulchilikda ekib foydalaniladi. Xitoy va Yaponiyadan keltirilgan gortenziya (N. macrophylla) va Shim. Amerikadan keltirilgan daraxtsimon gortenziya (N. arborescens) xushmanzara o‘simlik sifatida parklarda o‘stiriladi. Gortenziyani parxish va qalamchasidan ko‘paytirish mumkin. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.

English

HYDRANGEA

Русский

ГОРТЕНЗИЯ

Deutsch

HORTENSIE

Next Article

GRAB