GIKORI YOKI KARIYA PЕKAN

GIKORI yoki KARIYA PЕKAN (Carya pecan Engl.)  bo‘yi 50 m ga, diametri 2 m ga yetadigan daraxt. Oval shakldagi shox-shabbali. Barglari 9-11 ta lansetsimon bargchalardan iborat. Yong‘og‘i oval shaklda. Mevasi lazzatli, iste’mol qilinadi, tarkibida 70% gacha moy bor. Issiqsevar o‘simlik. Tabiiy holda Shimoliy Amerikada uchraydi. MDH da ko‘p joyda o‘stirilib, sinovdan o‘tkazildi. Toshkentda 1950-yildan beri o‘stiriladi. Uni ko‘cha va parklarga ekish va o‘rmon melioratsiyasi hamda ihota qatorlari joriy qilishda foydalanish mumkin. Manba: Dendrologiya. 2012.

Next Article

GILOS