GIKORI YOKI KARIYA (Carya) turkumiga kiruvchi turlar nihoyatda yuksak daraxt bo‘lib, bo‘yi 60-65 m ga yetadi. Ularning poyasida o‘zak bilinmaydi. Tanasining po‘stlog‘i kulrangda, yosh vaqtida silliq bo‘lib, so‘ng yoriladi va po‘st tashlab turadi. Novdalari och jigar rang, shoxlari kulrangda barglari toq patsimon, 3-17 tagacha bargchalardan tuzilgan. Ular navbat bilan joylashadi, kuzda to‘kiladi. Mevasi avval etli, qalin po‘stli keyin yog‘ochlanadi. U yetilish oldidan 4 pallaga ajraladi, undan silliq yoki bir oz cho‘tir qobiqli yong‘oq ajralib chiqadi. Ba’zi turlari mevasining mag‘zida 65% gacha moy bo‘lib, iste’mol qilinadi, boshqa turlarining moyi achchiq, iste’mol qilib bo‘lmaydi. Gikori dastlab sekin, keyin tez o‘sadi va katta daraxt bo‘lib ketadi. Uning turlari Shimoliy Amerikaning sharqiy qismida tarqalgan. U MDH da ko‘p ekiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
English
Русский
Deutsch
Prev Article