GIPSLI FLOMOIDЕS (Phlomoides gypsacea (Popov) Adylov, Kamelin et Makhm.) g‘arbiy Hisor tizmalaridagi juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 100 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi. Qashqadaryo viloyati, G‘uzor shahrining janubi-sharqidagi past tog‘larda tarqalgan. Ochilib qolgan ola jinslarda o‘sadi. Juda kamyob o‘simlik. Faqat bir marta 1935 yilda G‘uzor shahrining janubi-sharqi (Qorakamar atrofi)dan terilgan. Urug‘idan ko‘paysa kerak. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article