GINKGODOSHLAR (Ginkgoales) – karbon davridan boshlab uchlamchi davrning oxirigacha yashagan ochiq urug‘li o‘simliklar sinfi. Hozirda bitta (Ginkgo biloba) turi saqlanib qolgan. O‘zbekiston va unga chegaradosh respublikalar hududida Ginkgo, Baiera, Ginkgodium, Sphenobaiera, Czekanowskia, Phaenicopsis turkumlariga mansub o‘simliklarning bargi va generativ organlarining izi, yog‘och qoldiqlari topilgan. Ginkgodoshlar yura davrida toshko‘mir hosil bo‘lishida muhim rol o‘ynagan. Manba: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi». 2000.
GINKGODOSHLAR