GNЕZDILLO CHALOVI

GNЕZDILLO CHALOVI (Stipa gnizdilloi Pazij) Ko‘hitang tizmasining kamyob, petrofit o‘simligi. Poyalari tuklangan, ko‘p yillik o‘t, bo‘yi 50-60 sm. May-iyun oylarida gullab, meva beradi. Surxondaryo viloyati, Ko‘hitang tizmasi, O‘zbekistondan tashqari Turkmanistonda ham uchraydi. Tog‘larning o‘rta kamaridagi toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Urug‘idan vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. Tarqalish doirasi tor bo‘lgan stenobiont o‘simlik. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

GLЕDICHIYA

Next Article

GO'ZAL KATALPA