G‘ARB CHINORI (Platanus occidlentalis L.) Shimoliy Аmerikaning Аtlantika qismida keng tarqalgan, kichik o‘rmonlar hosil qiladi. Rossiyada 1800 yillardan buyon o‘stirilmoqda, 30 – 40 m balandlikka, 2-3 metr diametrga ega, o‘tkir uchli manzarali barglari daraxtda uzoq saqlanadi. Ko‘kalamzorlashtirishda istiqbolli tur hisoblanadi, Odessa shahrini ko‘kalamzorlashtirishda, Janubiy Ukraina va Qrimda ko‘plab ekilgan. O‘rmon melioratsiyasida ham keng foydalaniladi. Ushbu turlardan tashqari O‘zbekiston sharoitlariga zarangbargli chinor (Platanus acerofolia (Ait.)Willd.) turi introduksiya qilingan va ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
G'ARB СHINORI