G‘ARB TUYYASI (Thuja occidentalis L.) bo‘yi 10-12 m, diametri 1 m keladigan daraxt. G‘arb tuyyasi bir uyli o‘simlik. Qalamcha va payvand qilib, parxish yo‘li bilan ham ko‘paytirish mumkin. Olti yoshida changlana boshlaydi. Sekin o‘sadi, soyasevar daraxt bo‘lib, unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka ham, sovuqqa ham chidamli. G‘arb tuyyasi Qora dengiz bo‘ylaridagi shaharlarda ko‘plab o‘stiriladi. Shuningdek, u Sibirda va Uzoq Sharqda uchraydi. Yaponiyaning Xondo orolida dengiz sathidan 1000-1800 m balandlikdagi o‘rmon zonalarida tarqalgan. Manba: Dendrologiya. 2012.
G'ARB TUYYASI