G'ALATI UCHQAT (Lonicera paradoxa Pojark.) Pomir-Oloydagi juda kamyob, areali ajralgan, relikt endemik o‘simlik. Tarvaqaylagan shox-shabbali buta. Iyul avgustda gullab, mevasi sentabrda yetiladi. Jizzax Farg‘ona viloyatlari, Oloy tizmasi (Shohimardon qishlog‘i atrofi) va Turkiston tizmasida tarqalgan. Tojikiston va Qirg‘izistonda ham uchraydi. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda va siyrak archazorlarda o‘sadi. Tabiatda juda kam uchraydi. Urug‘i va ildiz bachkilaridan ko‘payadi. O‘tin sifatida ishlatiladi. Chorva mollaridan ham zarar ko‘radi. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Buyurtmaxonalar tashkil kilish va O‘zR FA Botanika bog‘ida biologik xususiyatlarini o‘rganish lozim. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
G'ALATI UCHQAT