G'UBORLI MAYMUNJON

G‘UBORLI MAYMUNJON (Rubus caesius L.) - yarim buta namlik bilan yaxshi ta’minlangan yerlarda, daryo bo‘ylarida, eroziyaga uchragan jarliklarda, o‘rmonlarda va yo‘llar yoqasida o‘sadi. Maymunjon lianaga o‘xshovchi yoysimon ko‘rinishda tikanlar bilan qoplangan shoxlar to‘plamidan iborat. Maymunjonlar asosan vegetativ yo‘l bilan tez ko‘payadi, ba’zan o‘tib bo‘lmas chakalakzorlar hosil qiladi. Shu sababli maymunjondan manzarali bog‘dorchilikda yashil devorlar sifatida ham foydalanilsa bo‘ladi. Manba: Botanika atlas lug’ati. 1969.

Next Article

G'UJTUK KARRAK