G‘AROYIB KUZAKI (Autumnalia inopinata Pimenov) Nurota tizmasidagi Qopatog‘ning o‘ta kamyob endemik o‘simligi. Balandligi 1 m gacha yetadigan ko‘p yillik polikarp o‘simlik. Avgust-sentabrda gullab sentabr-oktabrda mevalaydi. Navoiy viloyati, Nurota tizmasi Qoratog‘dagi Qoraqarg‘a dovoni atrofida tarqalgan. Tosh-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. 2009-yilda bitta populyatsiyasi aniqlangan (50 ta tup). 2012-2014-yillarda yana ikkita populyasiyasi topilgan. (O‘simliklarning umumiy soni 150 ga yaqin). Taxminan 20 km: maydonda tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. Tabiatda kamyob endemik o‘simlik. O‘sish joylarida chorva mollari juda ko‘p boqiladi. Madaniylashtirilishi haqida ma’lumotlar yo‘q. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article