FOTOABRIS

FOTOABRIS - hududlarni chegara chiziqlari aks ettirilgan kartografik aerofotosurat asosida tuzilgan kontur. Dala kuzatuv ishlarida taksator (topograf va kartograf) muhandis belgilangan ish maydonida aerofotosuratning kameral stereoskopik tahlilini (kontur va baholash) oʻtkazadi va undagi ichki holat shartli belgilarini maxsus rang bilan belgilaydi. Fotoabrisning old tomonida chegaralarini ajratish uchun moʻljallangan maydonlarining chegara chiziqlari aks ettirilgan konturlari, oʻrmon ekinlari maydonlari, shuningdek fotosurati boʻlmagan maydonlarlarning va ekish ishlari tugallanmagan maydonlarning chegara chiziqlari aks ettirilgan konturlari  yumshoq qalam bilan chiziladi. Fotoabrisning teskari tomonida aniqlangan belgilar va kontur nuqtalarining teshilgan joylari aylana boʻlishi kerak va boʻshliqlarni bogʻlash uchun ma’lumotlar, shuningdek, ularning kesishgan joylarida topografik konturlari boʻlishi kerak.

Prev Article

FORZITSIYA

Next Article

FOTOPLAN