EMANNING UN-SHUDRING KASALLIGI

EMANNING UN-SHUDRING KASALLIGI – (Microsphaera alphitoides Griff.et Maubl.) ko‘proq Yevropadan keltirilgan eman daraxtlarini (qora eman, eman, tog‘ emani) va zarang ko‘chatlarini, Amerikaning shimolidan kelib chiqqan qora qayin, yapon kashtani va boshqa kashtanlarni esa kamroq kasallantiradi. Ko‘proq iyun va iyulda zarar keltiradi. Kasallangan o‘simliklarning bargi mitseliy bilan qoplangandan keyin, o‘simlikning assimilyatsiyasi pasayadi, burishib qoladi va to‘kilib ketadi. Kasallangan o‘simliklar qishga tayyorlana olmaydi, shuning uchun kuzgi sovuqlarga chidamsiz bo‘lib qoladi. Katta daraxtlar boshqa kasallik qo‘zg‘atuvchilarga, zararkunanda va noqulay ob-havo sharoitiga chidamsiz bo‘lib qoladi. Natijada daraxtlar yoppasiga qurib qoladi. O‘rmon xo‘jaligida kasallikni oldini olish uchun o‘simliklarni aralashtirib ekish katta ahamiyatga ega. Eman daraxtini yo‘laklarga ekish ham yaxshi natija beradi. Manba: O‘rmon fitopotologiyasi. 2022.

Prev Article

ELITA

Next Article

EMBRIONAL DAVR