DARAXT

DARAXT – bundan 400 mln yil avval  paydo bo‘lgan urug‘li o‘simliklarning evolyutsion eng qadimiy hayotiy shakllari tipidir. Daraxtlar doimo mustahkam baquvvat shakllangan va yog‘ochlashgan tanaga ega bo‘lishgan va bir necha o‘n yillardan ming yillargacha yashashgan. Daraxtlarning balandligi  4 – 5 metrdan 155 metrgacha bo‘lishi mumkin, ular evolyutsion rivojlanish jarayonida turli hayotiy shakllarni yuzaga keltirganlar. O‘rmon tipidagi daraxtlar – asosiy o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlardir. Ularning butun ontogenez davrida saqlanuvchi yagona tanasi uzunligi va diametriga ko‘ra boshqa novdalaridan keskin farqlanadi (qarag‘ay, qoraqarag‘ay, oqqarag‘ay, tilog‘och, eman, terak) va yaqqol ajralib turadi. Daraxtlarning hayotiy shakllari ontogenezi deyilganda ularning  umri ya’ni urug‘langan tuxum hujayra yoki vegetativ kurtakdan paydo bo‘lib to tabiiy nobud bo‘lish vaqtigacha bo‘lgan davri tushuniladi. Bu davr bir necha yillardan bir necha ming yilgacha davom etadi. Manba: Dendrologiya. 2012.

English

TREE

Русский

ДЕРЕВО

Deutsch

BAUM

Prev Article

DARA

Next Article

DARAXT DIAMЕTRI