DORIVOR QOQI

Dorivor qoqi (taraxacum officinale webb.) – murakkabguldoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub, bo‘yi 15–60 sm o‘sadigan ko‘p yillik o‘t. Arktika va cho‘l viloyatlaridan tashqari hamma yerdagi nam joylarda, yo‘l yoqalari, bog‘lar, o‘tloqlar, dalalarda o‘sadi. Tibbiyotda ildizi ishlatiladi. Tarkibida taraksatsin va boshqa achchiq glikozidlar, triterpin birikmalari, inulin, kauchuk, yog‘ va boshqa moddalar bor. Ildizining quyuq ekstrakti ishtaha ochish, ovqat hazm qilishni yax¬ shilash uchun va o‘t haydovchi vosita sifatida jigar, o‘t qopi, o‘t yo‘llari kasalligida qo‘llaniladi. Farmatsevtika amaliyotida quyuq ekstraktidan xabdori tayyorlashda foydalaniladi. Qoqining qirqilgan ildizi ishtaha ochuvchi, o‘t haydovchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan choylar, yig‘malar tarkibiga kiradi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.