DAVLAT SUV FONDI

Davlat suv fondi – mamlakat hududidagi suvlar (suv obyektlari) – daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa yer usti suv havzalari va suv manbalari, kanallar va hovuzlarning suvlari, yer osti suvlari va muzliklar, ichki dengizlar, hududiy suvlar.O‘zbekistonda suv davlat mulki, umummilliy boylik hisoblanadi. Davlat suv fondi obyektlari aholiga, korxonalar, muassasalarga va tashkilotlarga faqat foydalanish uchun beriladi. O‘zbekiston hududida davlatdan boshqa hech kim suv egasi bo‘lishi mumkin emas. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.