DORIVOR SAPONARIYA, SOVUNAK

Dorivor saponariya, sovunak (saponaria officinalis L.) – chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) oilasiga mansub, bo‘yi 30–90 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. G‘arbiy Yevropa qismi, Kavkaz, ba’zan G‘arbiy Sibirning o‘rmonzorlari¬ da, daryo vodiylarida, nam o‘tloqlarda, chakalakzorlarda, qumli qirg‘oqlarda va yerlarda o‘sadi. Tibbiyotda ildizpoyasi bilan ildizi ishlatiladi. Tarkibida ko‘p miqdorda saponinlar (sanorubrin, gipsagenin) va boshqa moddalar bor. Ildiz poyasi bilan ildizi qaynatmasi, damlamasi bronxit nafas yo‘llari shamollashi kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi, ba’zan surgi, siydik haydovchi, xalq tabobatida yana o‘t haydovchi vosita sifatida, bod va teri kasalliklarini gush (ekzema), temiratki, chipqonlarni davolash uchun qo‘llaniladi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.