DARAXTZORLARNING SANITAR-GIGIYENIK XUSUSIYATI

Daraxtzorlarning sanitar-gigiyenik xususiyati – inson yashashi uchun atrof-muhitning salbiy holatini kamaytiruvchi, qulay sharoitlarni yuzaga keltiruvchi xususiyati. Unga quyidagilar kiradi: havodagi chang miqdorini kamaytirish, zaharli gazlardan himoya qilish, shamolning tezligini pasaytirish, fitonsidlik xususiyati, issiqlik rejimiga ta’siri, havoning nisbiy namligiga ta’siri, shovqinga qarshi kurashdagi ahamiyati.