DROBOV SHO'RAGI

DROBOV SHO‘RAGI (Salsola drobovii Botsch) G‘arbiy Tyan-Shan va Oloy tizmasidagi kamyob endemik tur. Bo‘yi 50-70 sm keladigan yarim buta. Iyulda gullab, mevasi oktyabr oyida yetiladi. Farg‘ona vodiysi va Oloy tizmasida tarqalgan. Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham uchraydi. Tosh-shag‘al yonbag‘irlarda, tuproqli ba’zan ola jinslarda va tog‘larning quyi qismida o‘sadi. Yakka-yakka holda, ba’zan esa yirik to‘plar tashkil qilib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. O‘simlikning kam urug‘ berishi va urug‘idan yaxshi unib chiqmasligi, shuningdek, u o‘sgan joylarda chorva mollari muttasil boqilishi sababli soni qisqarib ketmoqda. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

DOZA

Next Article

DROBOV TANGAO'TI