DAG'ALBARG YURINЕYA

DAG‘ALBARG YURINЕYA (Jurinea asperifolia IIjin) G‘arbiy Pomir-Oloyning kamyob endemik o‘simligi. 80 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Iyun-iyul oylarida gullab, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari, Hisor va Zarafshon tizmasining g‘arbiy qismida tarqalgan (Qizilsuv, Egrisuv, To‘palang suv havzalari, Taxta Qoracha dovoni). Tog‘ning o‘rta qismidagi ohaktoshli va toshli surilmalarda o‘sadi. Kam tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. Hisor qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.

Prev Article

DAFNA