DALACHOYBARGLI TOBULG'I

DALACHOYBARGLI TOBULG‘I (Spiraea hypericifolia L.)  qalin shox-shabbali, novdalari ingichka, qo‘ng‘ir qizil rangdagi, tukli buta bo‘lib, bo‘yi 1-1,5 m. May oyida gullaydi, gullaganda juda chiroyli ko‘rinadi. Markaziy Osiyoda yovvoyi holda o‘sadi. Urug‘dan yaxshi ko‘payadi. Uni yashil to‘siq uchun ekish tavsiya qilinadi. Manba: Dendrologiya. 2012.