DALA ZARANGI (Acer campestre L.) kichikroq daraxt. Gullari novdalar uchida joylashadi, sariq-yashil rangda bo‘ladi. Mevasi sentyabrda yetiladi va uzoq vaqt daraxtda saqlanadi. Zarang yosh vaqtida tez o‘sadi, so‘ng o‘sishi sekinlashadi. U 100-120 yil yashaydi. Dala zarangi MDH da o‘rmon-dasht zonalarida tarqalgan. Bu zarang issiqsevar, shuning uchun shimoliy rayonlarga tarqala olmaydi. Unumdor yerlarda yaxshi o‘sadi. Qurg‘oqchilikka ham tuproqning bir oz sho‘rtobligiga ham bardosh beradi. O‘rmon meliorastiyasi ishlarida va ihota o‘rmonzorla barpo etishda foydalanish tavsiya qilinadi. Manba: Manzarali dendrologiya. 2022.
DALA ZARANGI