DALA IHOTA O'RMONZORLARI

Dala ihota o‘rmonzorlari – ekinzor, dalalar chegaralari bo‘ylab barpo qilinadigan daraxtzorlar, ihota daraxtlarining bir turi. Dala ihota o‘rmonzorlari yer usti suv oqimini to‘sib, tuproqni eroziyadan saqlaydi, uning suv, harorat va oziq rejimlarini yaxshilaydi, shamol tezligini pasaytiradi, dalalarda qorni uzoq vaqt saqlab qolib, tuproq unumdorligini oshiradi, qurg‘oqchilik va quruq shamollar ta’sirini kamaytirib, ekin maydonlarining iqlimiy va gidrologik sharoitlarini yaxshilaydi, q.x. ekinlari hosilini oshiradi. Манба: Қишлоқ хўжалигига оид луғатнинг изоҳли луғати. 2023.

Next Article

DALA ZARANGI