DARAXTZORLAR VA BUTAZORLARNI KЕSISH - binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish chog‘ida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridagi daraxtzorlar va butazorlarni ishlab chiqarish texnik zaruratdan kelib chiqmagan holda kesish taqiqlanadi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesishga qonunchilikda belgilangan tartibda, o‘rmon kesish (o‘rmon) chiptalari asosida va faqat o‘rmonlarni albatta qayta tiklash sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmonni parvarish qilish uchun kesish, plantatsiyalarda hamda davlat o‘rmon fondi uchastkalarida maqsadli foydalanish, sanoat va aholining yog‘ochga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash uchun yetishtirilayotgan tez o‘suvchi daraxt va butalarni kesish O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi belgilagan tartibda o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Yong‘inlar, o‘rmon zararkunandalari, kasalliklari hamda boshqa salbiy ta’sirlar oqibatida shikastlangan o‘rmonlarni kesishga ularni tanlab va sanitariya maqsadida kesish tartibida yo‘l qo‘yiladi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining “O‘rmon to‘g‘risida” gi Qonuni 2018-yil 16-apreldagi 475-son.
English
Русский
Deutsch
Prev Article