DAUR TILOG'OCHI

DAUR TILOG‘OCHI (Larix dahurica Turcz.). Bu daraxtning bo‘yi 30 metr, diametri 1 metr bo‘lib, shox-shabbasi keng konussimon shakllangan. Uning areali keng bo‘lib, Rossiyaning Shimoliy hududlarida tog‘li va tekisliklarda tarqalgan. Tog‘li yerlarda yer bag‘irlab o‘sadigan shakllari mavjud. Daur tilog‘ochi har xil tuproqlarda ham o‘sa oladi. Sovuqqa juda chidamli, -500 S sovuqqa chidaydi. Qulay sharoitlarda 300-400 yil yashaydi. Uning yog‘ochi mustahkam va chirishga chidamli bo‘lganligidan shpallar, telegraf stolbalari tayyorlanadi. Sellyuloza qog‘oz sanoatida ham ishlatiladi. Daur tilog‘ochi turi gazlar, tutunlarga chidamli. Shuning uchun shimoliy hududlardagi shaharlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladi. O‘zbekistonning tog‘li hududlaridagi aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirishda tavsiya etiladi. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

DASTARBOSH

Next Article

DAVLAT NAZORATI