DEVORGUL, LIGUSTRUM

Devorgul, Ligustrum (Ligustrum vulgare L.) – ligustrumning 50 ga yaqin turi bo‘lib, ko‘kalamzorlashtirish uchun ahamiyatlisi oddiy ligustrum yoki devorgul hisoblanadi. Bu o‘simlik tez ko‘payadigan sershox, balandligi 3–4 metrgacha bo‘lgan buta. Barglari lansetsimon, cho‘zinchoq, shoxlarida uzoq saqlanadi. Devorgul iyun oyida gullaydi, sentabr-oktabrda mevalari pishib yetiladi. Asosan qalamchalaridan tez ko‘payadi, jonli yashil devor sifatida ko‘plab ekiladi, shoxlari qirquvga va shakl berishga yaxshi moslashgan, turli shakllar hosil qilishi mumkin. Jonli devor hosil qiluvchi buta sifatida ko‘kalamzorlashtirishda ko‘plab ekiladi. Landshaft qurilishda istiqbolli o‘simlik hisoblanadi. Manba: Qishloq xo‘jaligiga oid atamalarning izohli lug‘ati. 2023.

Prev Article

DENDROPARK

Next Article

DIARX ILDIZ