DENDRARIY

Dendrariy – turli daraxt va buta o‘simliklardan tashkil topgan yashil daraxtzor massivi. U Botanika bog‘ining bir qismi bo‘lishi mumkin. Dendrariy asosan daraxt o‘simliklarni introduksiyasi va mahalliy sharoitlarga moslashtirish uchun xizmat qiladi. Uzoq yillik daraxt turini introduksiya obyektida morfologiyasi, ekologiyasi va fenologiyasini o‘rganish natijasida mahalliy sharoitlarda o‘stirish va o‘rmon xo‘jaligi xamda ko‘kalamzorlashtirish sohasida foydalanish uchun istiqbolli turlar ajratiladi. Manba: Ekologik madaniyat bo‘yicha o‘zbekcha izohli lug‘at. 2024.

Prev Article

DEFLATSIYA

Next Article

DENDROPARK