CHALA KSEROFITLAR

CHALA KSEROFITLAR - ularning ildiz tizimi kuchli rivojlangan bo‘lib, yerning chuqur nam gorizontigacha yetib boradi va yer ostki suvlaridan unumli foydalanishadi. Qattiq qurg‘oqchilik davrlarida ham bu o‘simliklar suv yetishmovchiligidan zararlanmaydilar. Bu guruhdagi o‘simliklar suvni ko‘p bug‘lantiradi va hujayralaridagi osmotik bosim yuqori bo‘ladi. Ularni bu xususiyati yerning chuqur qatlamlarida suvni bemalol o‘zlashtirish imkonini beradi. Bu o‘simliklar suvni uzoq vaqt saqlay olmaydi hamda uzoq vaqt so‘lishga bardoshsiz bo‘lib, tezda qurib qoladi. Jiyda, tuxumak, po‘kakli eman, xandon pista, bodomcha, chilon jiyda, saksovul, qandim va boshqalar bu guruhga mansubdir. Manba: Dendrologiya. 2012.

Prev Article

CHAKANDA

Next Article

CHAQICH