CHAQICH

CHAQICH (Calligonum setosum Litw.) Qoraqum va Qizilqum cho‘llarida tarqalgan. Uncha baland bo‘lmagan (0,5-1 metr) buta, yarimsharsimon shaklda, qalin shoxchalari bor. Butasidagi ko‘plab mevalar qish o‘rtalarigacha saqlanib turadi. Boshqa turlarga nisbatan qum bostirilishiga chidamsiz. Qumlarni to‘xtatuvchi tabiiy butazorlarda uchraydi. Qalamchalaridan boshqa turlarga nisbatan kam ko‘paytiriladi. Yarim shar shaklidagi butasi yorqin, yirik, qizil tusdagi mevalar bilan qoplanib, chiroyli manzara yaratadi. Shuning uchun ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llaniladi. Manba: Флора Узбекистана. 1962.

Prev Article

CHALA KSEROFITLAR

Next Article

CHERKEZ