BODOMCHA (Amygdalus spinosissima Bunge) Markaziy Osiyoda tog‘larning quyi qismida 300-1500 m dengiz sathidan balandliklarda toshloq, tuprog‘i kam yerlarda ko‘plab o‘sadi. Qurg‘oqchilikka, qish sovuqlariga chidamli, asosan Pomir-Oloy va G‘arbiy Tyan-Shanda keng tarqalgan. 2-3 metrgacha balandlikka ega buta, novdalari och-kulrang, barglari lansetsimon. Mevalari och jigarrang, mag‘zi achchiq, bitta butadan 50-400 g hosil olish mumkin. Urug‘idan ko‘payadi, ko‘chirib o‘tkazilishni yoqtirmaydi, shuning uchun doimiy joyiga urug‘ ekish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Manba: Dendrologiya. 2012.
BODOMCHA