BOBOTOG' KO'KBOSHI

BOBOTOG‘ KO‘KBOSHI (Echinops babatagensis Tscherneva) O‘zbekistonning janubidagi kichik maydonlarda tarqalgan juda kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20-30 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t.  Iyul-avgust oylarida gullab, mevasi avgust sentyabrda yetiladi. Surxondaryo viloyati, Bobotog‘ tizmasida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Tog‘larning o‘rta qismidagi ohaktoshlarda va ginslarda o‘sadi. Tabiatda juda kam tarqalgan. Urug‘idan ko‘payadi. O‘ziga xos tuproq sharoitiga moslashganligi uning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.