BUXORO ASTRAGALI

BUXORO ASTRAGALI (Astragalus bucharicus Regel) Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik. Bo‘yi 20-25 sm. deyarli poyasiz yoki juda qisqa poyali (2-3 sm), ko‘p yillik o‘t. Aprelda gullab, mevasi may oyida pishadi. Surxondaryo viloyati Ko‘hitang va Hisor tizmalarida (Xo‘jagurgur-Ota, Cho‘lbayir, G‘ozimoylik. Oqboshtog‘.), Xondiza daryosi havzasida hamda Bobotog‘niig Chagam qishlog‘i yaqinida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi. Ola-bula, loyqa va gipsli tuproqlarda, qizil qumtoshlarda o‘sadi. Yakka holda, 3-4 tupi birgalikda yoki kichik tuplar hosil qilib o‘sadi. Urug‘idan ko‘payadi. Gipsli jinslardan tashkil topgan o‘ziga xos tuproq sharoitida o‘sishga moslashganligi uchun areali kengaymasligi mumkin. O‘zR FA Botanika bog‘ida ekib o‘stirilmoqda. Muhofaza qilinmaydi. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.