BOTANIKA BOG'LARI

BOTANIKA BOG‘LARI - 1400-yilda Florensiyada, 1530-yilda Rimda va boshqa shaharlarda tashkil qilingan. Prussiyada imperator Fridrix ΙΙΙ, Fransiya qiroli Karl V va uning o‘g‘li Filip ΙΙ o‘z saroylarida apelsin, limon daraxtlaridan va turli xil dorivor o‘tlardan iborat bog‘lar barpo ettirishgan, maxsus akvariumlarda esa noyob baliqlarni ko‘paytirishgan. Yevropa mamlakatlarida XΙV asr oxiri va XV asr boshlarida bo‘tako‘z, lolaqizg‘aldoq, nargis, binafsha, liliya (piyozgul), xayrigul, gulsafsar manzarali o‘simliklarning asosiy turlaridan hisoblangan. Markaziy Osiyoda XV-XVΙΙΙ asrlarga kelib bog‘dorchilik juda ilgarilib ketdi. Markaziy Osiyo bog‘lari va xiyobonlari Yevropa bog‘laridan tubdan farq qiladi. 1903-yilda Samarqand bog‘bonlar maktabini ochilishi munosabati bilan shu maktab hududida 50 turdagi daraxt va butalardan iborat dendropark tashkil qilingan. Bu bog‘da kumush va havorang qoraqarag‘ay, oqqarag‘ay, mamont daraxti, lola daraxti, Amerika qoraqarag‘ayi va boshqa daraxtlar ekilgan. Hozirgi kunda ularning juda oz qismi O‘zbekiston sharoitiga moslashib urug‘ va meva bermoqda. Manba: Manzarali bog‘dorchilik. 2021.

Prev Article

BORЕAL O'RMONLAR

Next Article

BUJUNQAYRAG'OCH