BORIS ASTRAGALI (Astragalus borissianus Gontsch.) Oloy tizmasidagi kamyob endemik tur. Bo‘yi 30 sm. deyarli poyasiz yoki juda qisqa poyali barg qoldiqlari bilan o‘ralgan ko‘p yillik o‘simlik. Iyunda gullab mevasi avgustda yetiladi. Farg‘ona viloyati, Oloy tizmasining Shohimardon daryosi havzasida tarqalgan. Archazorlarda, toshli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi. Yakka-yakka holda uchraydi. Urug‘idan ko‘payadi. Maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan. Manba: O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi. 2016.
English
Русский
Deutsch
Prev Article