BORЕAL O'RMONLAR

BORЕAL O‘RMONLAR - sovuq, o‘rtacha sovuq va mo‘tadil iqlim sharoitida o‘sadigan daraxt va buta o‘simliklarining turli shakllanishlaridir. Boreal zonada o‘rmon qoplami quruqlik maydoniga nisbatan bir necha ming yillar davomida o‘zgarishsiz qoladi. Boreal zonadagi o‘rmon yerlarining maydoni 1214 million gektarni tashkil etadi, shundan 920 million gektar yopiq boreal o‘rmonlar, jumladan 639 million gektar ekspluatatsion o‘rmonlardir. Boreal o‘rmonlar asosan Shimoliy yarimsharda o‘sadi. Ularning Shimoliy Amerika va Yevrosiyodagi maydoni sayyoramizning umumiy o‘rmon maydonining deyarli 30% ni tashkil qiladi. Umuman olganda, boreal o‘rmonlar maydoni ular o‘sadigan oltita mamlakatning umumiy o‘rmon maydonining 82,1 foizini tashkil qiladi. Kanadada ular mamlakatdagi barcha o‘rmonlarning 75% ni, AQSHda (Alyaska) – 88%, Norvegiya - 805, Shvetsiya – 77%, Finlyandiya – 98% va Rossiyada o‘rtacha 67% ni tashkil qiladi. Rossiya o‘rmonlari asosan borealdir. Manba: Лесная энциклопедия. 2006.

Prev Article

BORIS ASTRAGALI

Next Article

BOTANIKA BOG'LARI