BIOLOGIK MЕLIORATSIYA

BIOLOGIK MЕLIORATSIYA - tirik organizmlar yordamida noqulay gidrologik, tuproq va agroiqlim sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy va texnik tadbirlar tizimi. Biologik melioratsiyaning asosiy tadbirlariga mikroorganizmlarni kiritish yoki tuproqni azot bilan boyitish uchun dukkakli ekinlarni ekish, tuproqni yaxshilovchi va tuproqni himoya qiluvchi daraxt va butalarni ekish shular jumlasidandir. So‘nggi faoliyat ko‘pincha, agroo‘rmon melioratsiyasi tushunchasi ostida tasniflanadi. Biologik melioratsiya atrof-muhit uchun xavfsizroq va ba’zi hollarda kimyoviy melioratsiya bilan solishtirganda yerni yaxshilashning samarali usuli hisoblanadi. Manba: Энциклопедия лесного хозяйства. 2006.