BIGNONIYA KATALPASI

Bignoniya katalpasi (Satalpa bignonioides Wald.) ham Toshkentda o‘stiriladi. Bu tur qisman past bo‘yli va sershox, barglari o‘tkir uchli bo‘lishi, guli maydaligi, meva pallalari yupqa bo‘lishi va erta gulga kirishi bilan oldingi turdan farq qiladi. Boshqa xususiyatlari bilan go‘zal katalpaga o‘xshaydi. Bu katalpa ham Shimoliy Amerikadan keltirilgan. O‘zbekistonga introduksiya qilinganiga 100 yildan oshdi. Juda manzarali daraxt hisoblanadi.