BAOBAB (Adansonia digitata L.) – bombaksdoshlar oilasiga mansub daraxt. Afrika savannalarida o‘sadi. Panjasimon murakkab barglari yilning qurg‘oq issiq faslida to‘kiladi. Guli yirik (diametri 20 sm), oq. Bodringsimon mevalari yilning issiq paytida pishadi. Baobab bo‘yi 10-12 m bo‘lsada, shox-shabbasi katta (aylanasi 45 m) maydonni egallaydi. Tanasining diametri 4-10 m, 4-5 ming yil umr ko‘radi.
BAOBAB